locale OZ

APL jamoalari «Barselona»ga Akeni sotib olishiga toʻsqinlik qilishi mumkin

«Man Siti» niderlandiyalik himoyachi uchun 30—35 mln yevro talab qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL jamoalari «Barselona»ga Akeni sotib olishiga toʻsqinlik qilishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Barselona» «Manchester Siti»ning markaziy himoyachisi Natan Akeni ijaraga olmoqchi, bu qaror Andreas Kristensenning og‘ir jarohati bilan bog‘liq. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Bornmut», «Kristal Pelas», «Fulhem» va «Vest Hem» klublari «shaharliklar»ga niderlandiyalik futbolchini to‘liq transfer qilish taklifini bera olgani sababli, kataloniyaliklarning ushbu bitimini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

«Shaharliklar» 30 yoshli himoyachini 30-35 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Shu bilan birga, moliyaviy cheklovlar tufayli «Barselona» uchun Akeni sotib olish qiyin bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

Ake «shaharliklar» safida 2020 yil yozidan beri o‘ynaydi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, samarali harakatlarga erishmagan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, uning bozor qiymati 18 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting