locale OZ

APL jamoalari o'tgan mavsum qancha mukofot puli ishlab topdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL jamoalar o'tgan mavsum qancha mukofot puli ishlab topdi
FОТО: Getty Images

Yakunlangan mavsum APL'da chempionlikni qo'lga kiritgan “Liverpul” 181,5 million funt sterling ishlab topdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ikkinchi o'rindagi “Arsenal” 177,8 million funt olgan. Uchinchi o'rinni egallagan “Manchester Siti” esa 171,5 million funt ishlab topgan.

Shuningdek, Chempionlar Ligasiga yo'l olgan “Chelsi” va “Nyukasl” mos ravishda 169,5 million va 165,8 million funt sterling mukofot puliga ega bo'lgan.

Ma'lumot uchun, turnir jadvalida oxirgi, 20-o'rinni egallagan “Sautgempton” 110,9 million funt ishlab topgan. APL'ni tark etgan “Ipsvich” 112,9 million, “Lester” esa 119,2 million funt olgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting