APL. Jami 7 ta gol urilgan bahsda «Aston Villa» «Sanderlend»dan ustun keldi
Angliya Premyer-ligasining 33-turi doirasida «Aston Villa» va «Sanderlend» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Birmingemdagi «Villa Park» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 4:3 hisobida qiyin g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Olli Uotkins hisobni ochib, birmingemliklarni oldinga olib chiqdi. 9-daqiqada esa Kristofer Rigg «Sanderlend»ning javob golini urdi. 36-daqiqada Uotkins dublni rasmiylashtirdi, 46-daqiqada Morgan Rojers mezbonlarning uchinchi goliga mualliflik qildi.
O‘yin yakunlanishi arafasida mehmonlar haqiqiy iroda ko‘rsatishdi: 86-daqiqada Tray Xam farqni qisqartirgan bo‘lsa, 87-daqiqada Vilson Izidor muvozanatni tikladi. Biroq 90+3-daqiqada Temmi Abraham «Aston Villa»ga g‘alaba keltirgan golni urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu o‘yindan so‘ng «Aston Villa» 58 ochko bilan Angliya oliy divizioni turnir jadvalida to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi. «Sanderlend» esa 46 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.
Navbatdagi turda, 25 aprel kuni «villanlar» safarda «Fulhem» bilan kuch sinashadilar. «Qora mushuklar» esa 24 aprel kuni o‘z maydonlarida «Nottingem Forest»ni qabul qiladi.