locale OZ

APL. Husanov zaxiradan tushgan bahsda «Manchester Siti» «Nyukasl»dan ustun keldi

"City" "Arsenal"ga yaqinlashib oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. Husanov zahiradan tushgan bahsda "Manchester City" "Newcastle"dan ustun keldi
ФОТО: Getty images

Angliya Premer-ligasining 27-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” hamda “Nyukasl” o‘rtasidagi bahs nihoyasiga yetdi. Manchesterdagi “Etihad” stadionida o‘tgan bellashuvda “shaharliklar” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi hisob 14-daqiqada “Manchester Siti” futbolchisi Niko O’Raily tomonidan ochilgan bo‘lsa, 22-daqiqada “Nyukasl” Lyuvis Xollning goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoa O’Railyning dubliga ko‘ra yana hisobda oldinga chiqib oldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov zahiradan maydonga tushdi. Himoyachi Ruben Diash bilan almashtirildi.

“Manchester Siti” hozirda turnir jadvalida 56 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. “Shaharliklar” yetakchi “Arsenal”dan ikki ochkoga ortda qolmoqda. Mag‘lubiyatga uchragan “Nyukasl” esa 36 ochko bilan 10-o‘rinni band etgan.

Angliya Premer-ligasi
“Manchester Siti” — “Nyukasl” 2:1
Gollar: 1:0 — O’Raily (14), 1:1 — Xoll (22), 2:1 — O’Raily (27)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting