locale OZ

APL grandlari Rodrigodan yuz o'girdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL grandlari Rodrigodan yuz o'girdi
FOTO: Getty Images

Madridning "Real" klubi vingeri Rodrigoga Angliyada xaridorlar yetarli, ammo da’vogarlardan biri uning nomzodidan voz kechishga qaror qilgan.

Braziliyalik futbolchiga "Arsenal," "Chelsi" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirgan. Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, "Liverpul" kurashdan chiqib ketgan.

"Ko‘klar" ham 24 yoshli futbolchini asosiy maqsad sifatida ko‘rmayapti, "kanonirlar" esa hamon transfer masalasini jiddiy o‘rganmoqda.

Rodrigo yozda sotib yuborilishi mumkin, chunki u "qaymoqranglilar" safida Kilian Mbappe va Vinisius Junior borligi sababli doimiy o‘yin amaliyotiga umid qila olmaydi. Transfermarkt portali mutaxassislari "Santos" tarbiyalanuvchisining narxini 100 mln yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting