APL. «Everton» oʻz maydonida «Nottingem»ni ishonchli hisobda magʻlub etdi
Angliya Premer-ligasining 19-turidan o‘rin olgan «Nottingem Forest» — «Everton» uchrashuvi yakuniga yetdi. «Siti Graund» stadionida (Nottingem) bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar «Everton» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 19-daqiqasida «Everton» yarimhimoyachisi Jeyms Garner aniq zarbasi bilan hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda ham tashabbus «iriskilar» qo‘lida bo‘ldi.
79-daqiqada Tyerno Barri raqib darvozasini yana bir bor ishg‘ol etib, jamoasining ustunligini mustahkamladi.
Mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng «Nottingem Forest» 18 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 17-o‘rinda qolmoqda. «Everton» esa 28 ochko jamg‘argan holda sakkizinchi pog‘onaga ko‘tarildi.
APL. 19-tur
«Nottingem» — «Everton» 2:0
Gollar: Garner (19), Barri (79).