APL. Dorguning goli «Manchester Yunayted»ga \"Nyukasl\" ustidan g'alaba keltirdi
Manchesterliklar turnir jadvalida ko'tarilishdi.
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasining 18-turi doirasida "Manchester Yunayted" hamda "Nyukasl Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Patrik Dorgu kiritdi.
Angliya chempionatida o‘tkazilgan 18 turdan so‘ng "Manchester Yunayted" 29 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. "Nyukasl Yunayted" esa 23 ochko bilan 11-pog‘onada joylashgan.
Angliya — Premer-liga. 18-tur
"Manchester Yunayted" — "Nyukasl Yunayted" - 1:0
Gol: 1:0 — Dorgu (24)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist