APL doirasidagi ilk tur o‘yinlarida Jota xotirasi yod etiladi
Photo: Getty Images
Angliya Premer-ligasi yangi mavsumining 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar "Liverpul"ning vafot etgan vingeri Diogu Jota va uning ukasi Andre Silva xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, APLning 1-tur bahslarida ham futbolchilar qora rangli bog‘ichlarini taqishadi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi Ispaniyada ukasi bilan birga vafot etdi. Fojiali voqea 3-iyul kuni sodir bo‘ldi. Jota "Liverpul" safida 2020-yildan buyon to‘p tepib kelayotgan edi.
"Qizillar" safida portugaliyalik futbolchi Angliya Premer-ligasi chempioni bo‘ldi va Angliya kuboklarini qo‘lga kiritdi. Jota Portugaliya terma jamoasi bilan UEFA Millatlar Ligasi g‘olibiga aylandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist