locale OZ

APL chempionligi uchun asosiy da’vogarlar reytingi yangilandi — Opta

"Arsenal" ligada yetakchilik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL chempionligi uchun asosiy da’vogarlar reytingi yangilandi — Opta
ФОТО: Getty images

Opta superkompyuteri Angliya Premer-ligasida chempionlik uchun kurashayotgan "Arsenal" va "Manchester City"ning imkoniyatlarini yangiladi. Bu haqda OptaJoe ijtimoiy tarmog‘i X orqali ma’lum qildi.

Avvalroq "Arsenal" "West Ham"ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, "Manchester City" "Crystal Palace"ni 3:0 hisobida yirik hisobda taslim etdi.

Yangilangan hisob-kitoblarga ko‘ra, "Arsenal"ning chempionlik imkoniyati 86,5 foizni tashkil etmoqda. "Manchester City"ning ehtimoli esa 13,5 foizga baholangan.

Ayni paytda "Manchester City" Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 36 ta o‘yindan so‘ng 77 ochko jamg‘argan. Peshqadam "Arsenal" hisobida esa xuddi shuncha uchrashuvdan keyin 79 ochko mavjud.

Mavsumning qolgan uchrashuvlarida "shaharliklar" "Bournemouth" va "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushadi. "Kanonirlar" esa "Burnley" hamda "Crystal Palace" bilan bahs olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting