APL chempioni \"Bryugge\" futbolchisni o'z safiga qo'shib olmoqchi
PHOTO: Telegram
"Bryugge"ning chap qanot himoyachisi Maksim de Kyoyper "Liverpul" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Qizillar" vakillari bir yildan ortiq vaqtdan buyon belgiyalikning muvaffaqiyatlarini kuzatib kelmoqda. Jurnalist Bensi Bochakning yozishicha, "Liverpul" de Keyperni himoyaning chap qanotini kuchaytirish uchun ideal variant deb hisoblamoqda. 24 yoshli futbolchi Endryu Robertsonga raqobatchi bo‘lishi kerak.
Maksim de Keyper joriy mavsumda "Bryugge" safida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, Belgiya terma jamoasi safida sakkizta o‘yinda ikkita gol urdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor