locale OZ

APL. «Chelsi» «Sanderlend»ga yutqazib, evrokuboklarsiz qolib ketdi

London klubi mavsumning so‘nggi bellashuvida ham mag‘lub bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Chelsi» «Sanderlend»ga yutqazib, evrokuboklarsiz qolib ketdi
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasi
24.05.2026, Yak.
Sanderlend
2
Chelsi
1

"Chelsi" Angliya chempionatining 38-tur doirasida safarda "Sanderlend"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mezbonlar safida Tray Hyum gol urgan bo‘lsa, londonliklar himoyachisi Malo Gyusto o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. "Chelsi"ning yagona goliga Koul Palmer mualliflik qildi.

Uchrashuvning 62-daqiqasida Uesli Fofana ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.

Natiajada 52 ochko jamg‘argan "Chelsi" turnir jadvalida 10-o‘ringa tushib ketdi va kelgusi mavsumda evrokuboklarda ishtirok etmaydi. "Sanderlend" esa 54 ochko bilan 7-pog‘onaga ko‘tarilib, Yevropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Angliya Premer-ligasi. 38-tur
"Sanderlend" — "Chelsi" — 2:1
Gollar: Tray Hyum 25 (1:0), Malo Gyusto 50-avt (2:0), Koul Palmer 56 (2:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting