locale OZ

APL. «Chelsi» safarda «Nottingem Forest»ni yirik hisobda magʻlub etdi

Londonliklar ushbu gʻalabadan soʻng onlayn turnir jadvalida 4-o'ringa koʻtarildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Chelsi» safarda «Nottingem Forest»ni yirik hisobda magʻlub etdi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
18.10.2025, Yak.
Nottingem F
0
Chelsi
3

Angliya Premyer-ligasining 8-turidan oʻrin olgan bahsda «Chelsi» safarda «Nottingem Forest» mehmoni boʻldi va yirik 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Dastlab Josh Achimpong 49-daqiqada londonliklarni oldinga olib chiqdi. 52-daqiqada Pedro Neto ustunlikni mustahkamladi. 84-daqiqada esa Ris Jeyms uchrashuvga mantiqiy nuqta qoʻydi.

Shu tariqa, «Chelsi» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 14 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 4-o'ringa koʻtarilib oldi. «Nottingem Forest» esa 5 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda.

APL. 8-tur

«Nottingem Forest» — «Chelsi» 0:3

Gollar: Achimpong (49), Neto (52), Jeyms (84).

Nottingem Forest — Zels, Uilyams, Milenkovich, Murillo (Savona, 74), Morato, Zinchenko (Vud, 74), Luis (Hadson-Odoi, 53), Sangare, Anderson, Gibbs-Uayt, Avoniyi (Igor Jezus, 46).

Chelsi — Sanches, Gyusto, Achimpong (Adarabioyo, 81), Chaloba, Kukurelya, Jeyms, Lavia (Kaysedo, 46), Netu (Estevao, 78), Santos (Giu, 46), Garnacho (Gittens, 46), Pedro.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting