APL. «Chelsi» Rosenyor boshqaruvidagi ilk uchrashuvda «Kristal Pelas»ga magʻlub boʻldi
Angliya Premer-ligasining 21-turi doirasida «Fulhem» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Oʻyin mezbonlarning 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.
22-daqiqada «ko‘klar» himoyachisi Mark Kukurelya to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. 45+4-daqiqada mezbonlar hujumchisi Harri Uilsonning goli VAR ko‘rigidan so‘ng bekor qilindi. 55-daqiqada «Fulhem» hujumchisi Raul Ximenes hisobni ochdi. 72-daqiqada «Chelsi» hujumchisi Liam Delap hisobni tenglashtirdi. 81-daqiqada esa Uilson yana «Fulhem»ni oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, «Chelsi» 21 o‘yindan so‘ng 31 ochko bilan qoldi. Yangi bosh murabbiy Liam Rosenyor qo‘l ostidagi ilk uchrashuvdan so‘ng jamoa turnir jadvalida 6-o‘ringa tushib ketdi. «Fulhem» ochkolar soni bo‘yicha «Chelsi»ga yetib oldi va 8-o‘rinni egallab turibdi.
APL. 21-tur
«Kristal Pelas» — «Chelsi» 2:1
Gollar: Ximenes (55), Uilson (81) — Delap (72).