locale OZ

APL. «Chelsi» oʻz maydonida «Sanderlend»ga magʻlub boʻldi

Londonliklar kambek qurboniga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Chelsi» oʻz maydonida «Sanderlend»ga magʻlub boʻldi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
25.10.2025, Yak.
Chelsi
1
Sanderlend
2

Angliya Premyer-ligasining 9-turidan oʻrin olgan bahsda «Chelsi» oʻz maydonida «Sanderlend»ni qabul qildi va yakunda 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchradi.

Uchrashuvda hisob 4-daqiqada Alexandro Garnacho tomonidan ochildi. 22-daqiqada Uilson Izidor imkoniyatlarni tenglashtirdi. Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Shemsdin Talbi mehmonlarga gʻalaba taqdim etgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa, «Sanderlend» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 17 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi. «Chelsi» esa 14 ochko bilan 7-oʻrinda qoldi.

APL. 9-tur

«Chelsi» — «Sanderlend» 1:2

Gollar: Garnacho (4) — Izidor (22), Talbi (90+3).

Chelsi — Sanches, Jeyms, Achimpong (Adarabioyo, 76), Chaloba, Kukurelya, Kaysedo, Fernandes, Netu (Santos, 85), Garnacho (Estevao, 58), Pedro (Jorj, 85), Giu (Gittens, 76).

Sanderlend — Rufs, Mukiele, Ballard, Gertryuyda, Mandava, Hum, Traore (Talbi, 65), Sadiki, Jaka, Le Fe (Rigg, 75), Izidor (Brobbi, 75).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting