locale OZ

APL. «Chelsi» London derbisida «Fulhem»ni mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Chelsi» London derbisida «Fulhem»ni mag'lub etdi
Фото: Getty Images

Angliya Premer-ligasida 3-tur uchrashuvlari boshlandi.

Turdo'stlikning ilk o'yinida "Chelsi" o'z maydonida "Fulhem"ni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi.

Dastlab birinchi bo'lim yakunida Joau Pedro hisobni ochdi. 56-daqiqada esa Enso Fernandes penaltini aniq amalga oshirdi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida darvozalar yana daxlsiz qoldi.

Shu tariqa, "aristokratlar" ochkolarini 7 taga yetkazib, turnir jadvalining yuqori pog'onasiga ko'tarildi. "Fulhem" esa 2 ochko bilan 14-o'rinda qoldi.

APL. 3-tur

"Chelsi" 2:0 "Fulhem"

Gollar: Joau Pedro 45, Enso Fernandes 56

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting