locale OZ

APL. «Brentford» o‘z maydonida «MYU»dan ustun keldi

Brunu Fernandes penalti tepishda muvaffaqiyat qozona olmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. "Brentford" o‘z maydonida "MYu"dan ustun keldi
ФОТО: Getty images

Angliya Premyer-ligasida 6-tur uchrashuvlari boshlandi.

“Brentford” klubi o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qildi.

Uchrashuv 3:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. “Brentford” safida Igor Tyago dubl muallifi bo‘ldi. Yana bir gol Matias Yensen hisobiga yozildi.

“MYu”ning yagona goli Benjamin Sheshko tomonidan kiritildi. Brunu Fernandes esa penalti tepishda muvaffaqiyat qozona olmadi.

Shu tariqa, "qizil iblislar" 7 ochko bilan 13-o‘rinda. Mezbonlar esa xuddi shuncha ochko bilan 11-pog‘onada joylashdi.

APL. 6-tur

“Brentford” 3:1 “Manchester Yunayted”

Gollar: Tyago 8, 20, Yensen 90+5 – Sheshko 26

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting