APL. «Brayton» safarda «Nottingem Forest»dan ustun keldi
"Chaykalar" turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi.
ФОТО: Getty images
Angliya chempionatining 13-turida “Nottingem Forest” o‘z maydonida “Brayton”ga qarshi o‘ynadi.
Bellashuv 2:0 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Uchrashuvdagi ilk golni mehmonlar himoyachisi Maksim De Kuyper kiritdi. Belgiya futbolchisi birinchi bo‘lim oxirida, 45+1-daqiqada gol urdi. Ikkinchi bo‘limda 88-daqiqada hujumchi Stefanos Tsimas “chaykalar”ning g‘alabasini ta’minladi.
Bu o‘yindan keyin "Nottingem Forest" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 12 ochko bilan 16-o‘rinda, "Brayton" esa 22 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
APL. 13-tur
“Nottingem Forest” 0:2 “Brayton”
Gollar: De Kuyper 45+1, Tsimas 88
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist