APL. «Aston Villa» safarda «Lids»ni mag'lub etdi, Roʻjersdan dubl
"Aston Villa" esa 21 ochko bilan toʻrtinchi oʻrinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasi doirasidagi “Lids Yunayted” – “Aston Villa” uchrashuvi yakuniga yetdi. Bellashuvda “Villa” jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab 8-daqiqada Lukas Nmecha mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, 48-daqiqada Morgan Roʻjers hisobni tenglashtirdi, keyin esa 75-daqiqada dubl qayd etdi.
Ushbu oʻyindan soʻng "Lids Yunayted" 11 ochko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 18-oʻrinda, "Aston Villa" esa 21 ochko bilan toʻrtinchi oʻrinda bormoqda.
APL. 12-tur
“Lids” 1:2 “Aston Villa”
Gollar: Nmecha 8 – Roʻjers 48, 75
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist