APL. \"Aston Villa\" bor alamini \"Nyukasl\"dan oldi
Photo: Getty Images
APL 33-turida “Aston Villa” Birmingemda “Nyukasl”ni mag'lub etdi - 4:1.
Unai Emeri jamoasi safida gollarga Olli Uotkins, Yan Maatsen va Amadu Onana mualliflik qilgan bo'lsa, yana bir gol “Nyukasl” himoyachisi Den Byorn o'z darvozasiga joylab qo'ydi. Uchrashuvda Fabian Sher “qarğalar” tomonidan kiritilgan yagona golga mualliflik qildi.
Bu natijadan so'ng “Aston Villa” ochkolari sonini 57 taga yetkazib, 6-o'ringa ko'tarilib oldi. “Nyukasl” hisobida 59 ochko bor, jamoa 3-o'rinni egallab turibdi.
APL. 33-tur
“Aston Villa” 4:1 “Nyukasl”
Gollar: Uotkins 1 (1:0), Sher 18 (1:1), Maatsen 64 (2:1), Byorn 73 avtogol (3:1), Onana 75 (4:1).