locale OZ

APL. «Arsenal» safarda qiyin g‘alabaga erishib, peshqadamligini mustahkamladi

Premyer-liganing 36-tur oʻyinlari davom ettirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Arsenal» safarda qiyin g‘alabaga erishib, peshqadamligini mustahkamladi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 36-turi doirasida «Vest Hem» hamda «Arsenal» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. «London» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «kanonirlar» 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 28-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Ben Uayt jarohat sabab maydonni tark etdi va uning o‘rniga Martin Subimendi o‘yinga qo‘shildi. Bahsning 83-daqiqasida Leandro Trossard gol urib, «Arsenal»ni hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan beshinchi daqiqada (90+5) Kallum Uilson hisobni tenglashtirgan edi, biroq VAR tizimi yordamida ushbu gol bekor qilindi.

Mazkur o‘yindan so‘ng, «Vest Hem» 36 ochko bilan APL turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda. «Arsenal» esa 79 ochko jamg‘argan holda peshqadamlikni davom ettirmoqda. Zaxirasida bitta o‘yini bor bo‘lgan «Manchester Siti» (74) «kanonirlar»dan besh ochkoga ortda qolmoqda.

Navbatdagi turda, 17 may kuni «bolgachilar» safarda «Nyukasl» bilan kuch sinashishsa, 18 may kuni «kanonirlar» o‘z maydonlarida «Bernli»ni qabul qilishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting