locale OZ

APL. «Arsenal» safarda «Nyukasl»ni so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga mag‘lub etdi

London klubi ochkolarini 13 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. "Arsenal" safarda "Nyukasl"ni so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga mag‘lub etdi
ФОТО: Getty images

Angliya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda "Arsenal" safarda "Nyukasl" bilan to‘qnash keldi.

O‘yin taqdiri qo‘shib berilgan daqiqalarda hal bo‘ldi. Gabriel 90+6-daqiqada "to‘pchilar"ning g‘alaba goliga mualliflik qildi. "Nyukasl" safida Niko Voltemade ikkinchi golini urdi. "Arsenal"ning birinchi goli Merino tomonidan kiritildi.

London klubi ochkolarini 13 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. "Nyukasl" esa 6 ochko bilan 16-pog‘onada qoldi.

APL. 6-tur
Nyukasl — Arsenal 1:2
28 sentyabr, "Sent Jeyms Park"
Gollar: Voltemade (34) — Merino (84), Gabriel (90+6).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting