APL. «Arsenal» safarda «Byornli»ni magʻlub etib, peshqadamligini mustahkamlab oldi
Angliya chempionatining 10-tur oʻyinlari davom ettirildi.
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
01.11.2025, Yak.
Bernli
0
Arsenal
2
Angliya Premyer-ligasining 10-turidan oʻrin olgan bahsda «Arsenal» safarda «Byornli» mehmoni boʻlib, yakunda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab Viktor Gyokeresh 14-daqiqada hisobni ochdi. 35-daqiqada esa Deklan Rays ustunlikni mustahkamladi.
Shu tariqa, ushbu gʻalabadan soʻng «Arsenal» oʻz ochkolari hisobini 25 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamligini mustahkamlab oldi. «Byornli» esa 10 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.
APL. 10-tur
«Byornli» — «Arsenal» 0:2
Gollar: Gyokeresh (14), Rays (35).
Nasrullo Karimov
Jurnalist