locale OZ

APL. «Arsenal» safarda «Brentford»ni yenga olmadi

"To'pchilar" safarda ochko yo'qotdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Arsenal» safarda «Brentford»ni yenga olmadi
ФОТО: Getty images

"Arsenal" Angliya chempionatining 26-turi doirasidagi o'yinda "Brentford" bilan durang o'ynadi — 1:1.

Birinchi bo'limda jamoalar gol ura olishmadi. Ikkinchi bo'lim boshida mehmonlar hujumchisi Noni Madueke hisobni ochdi. 71-daqiqada himoyachi Kin Lyuis-Potter muvozanatni tikladi.

"Arsenal" 57 ochko jamg'argan holda APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Brentford" esa 40 ochko bilan 7-pog'onada bormoqda.

Angliya Premer-ligasi. 26-tur

Brentford — Arsenal — 1:1

Gollar: Madueke, 61 (0:1); Lyuis-Potter, 71 (1:1).

Brentford: Kelleher, van der Berg, Ayer, Henri (Hiki, 90+5), Kayode, Yarmolyuk (Henderson, 73), Yanelt, Yensen, Lyuis-Potter (Damsgor, 73), Uattara, Tiago.

Arsenal: Raya, Moskera, Gabriel Magalyayns, Inkapiye (Kalafiori, 81), Timber, Subimendi, Rays, Eze (Edegor, 46), Trossar (Martinelli, 81), Madueke (Saka, 70), Dyekeres.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting