locale OZ

APL. «Arsenal» safarda «Brayton»ni magʻlub etdi

Londonliklar «Man Siti» bilan oradagi farqni 7 ochkoga yetkazishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Arsenal» safarda «Brayton»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 29-turidan o‘rin olgan «Brayton» va «Arsenal» jamoalari o‘rtasidagi bahs boʻlib oʻtdi. «Amerikan Ekspress» stadionida o‘tgan uchrashuvda londonliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yinning 9-daqiqasida «to‘pchilar» vingeri Bukayo Saka himoyachi Yurriyen Timberning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi va ushbu gol uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Arsenal» 30 o‘yindan keyin 67 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Manchester Siti» bilan farq 7 ochkoni tashkil etmoqda. «Brayton» esa 37 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

APL. 29-tur

«Brayton» — «Arsenal» 0:1

Gol: Saka (9).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting