locale OZ

APL. «Arsenal» safarda «Aston Villa»dan ustun keldi

Bu natijadan so‘ng «Arsenal» 6 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Arsenal» safarda «Aston Villa»dan ustun keldi
ФОТО: Getty images

Angliya Premyer-ligasining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Arsenal» safarda «Aston Villa»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yindagi yagona gol 59-daqiqada urildi. «Arsenal» hujumchisi Bukayo Saka raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga muhim uch ochko keltirdi.

Bu natijadan so‘ng «Arsenal» 6 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. «Aston Villa» esa birorta ham ochko to‘play olmagan holda 19-pog‘onani egallagan.

APL. 2-tur
Aston Villa — Arsenal 0:1
Gol
: Saka (59).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting