locale OZ

APL. «Arsenal» oʻz maydonida «Liverpul» bilan durang oʻynadi

Angliya chempionatining 21-tur oʻyinlari yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Arsenal» oʻz maydonida «Liverpul» bilan durang oʻynadi
FOTO: Getty Images

Angliya Premer-ligasi 21-turi doirasida Londonning «Arsenal» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bahs 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O‘yin davomida jamoalar gol ura olmadi. Uchrashuvning 90+4-daqiqasida «Liverpul» himoyachisi Konor Bredli jarohat oldi va maydonni mustaqil tark eta olmadi.

21-turdan so‘ng «Arsenal» 49 ochko jamg‘argan holda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. «Liverpul» esa 35 ochko bilan 4-pog‘onada joylashgan.

Keyingi turda «kanonirlar» 17 yanvar kuni «Nottingem Forest»ga qarshi maydonga tushadi. «Liverpul» esa shu kuni «Byornli» bilan bahs olib boradi.

APL. 21-tur

«Arsenal» — «Liverpul» 0:0

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting