locale OZ

APL. «Arsenal» oʻz maydonida «Chelsi»ni magʻlub etdi

«Kanonirlar» turnir jadvalidagi peshqadamligini davom ettirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Arsenal» oʻz maydonida «Chelsi»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 28-turi doirasida Londonning ikki klubi — «Arsenal» va «Chelsi» o‘rtasidagi bahs yakunlandi. «Emireyts» stadionida kechgan uchrashuvda «to‘pchilar» 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida Uilyam Saliba hisobni ochib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda (45+2-daqiqa) Pyero Inkapye o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (avtogol) va muvozanat tiklandi. 66-daqiqada esa Yurriyen Timber «Arsenal»ning ikkinchi golini urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Mehmonlar a’zosi Pedro Netu 70-daqiqada ikkinchi sariq kartochka sababli maydondan chetlatildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Arsenal» 64 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Chelsi» esa 45 ochko bilan oltinchi pog‘onada bormoqda.

APL. 28-tur

«Arsenal» — «Chelsi» 2:1

Gollar: Saliba (21), Inkapye (45+2), Timber (66).

Chetlatish: Netu (70).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting