locale OZ

APL. «Arsenal» o‘z maydonida «Bornmut»ga yutqazib qo‘ydi

"Siti" bilan farq 9 ochkoni tashkil qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Arsenal» o‘z maydonida «Bornmut»ga yutqazib qo‘ydi
ФОТО: Getty images

Angliya Premer-ligasining 32-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Arsenal" va "Bornmut" jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Hisob 17-daqiqada «Bornmut» hujumchisi Eli Krupi tomonidan ochildi. 35-daqiqada «kanonirlar» hujumchisi Viktor Dyokeresh 11 metrlik penalti zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. 74-daqiqada esa yarim himoyachi Aleks Skott mehmonlarni yana oldinga olib chiqdi.

Hozirgi holatga ko‘ra, «Arsenal» 70 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. «Bornmut» esa 45 ochko jamg‘arib, 9-o‘ringa ko‘tarildi.
Angliya — Premer-liga, 32-tur
Arsenal (London) — Bornmut (Bornmut) 1:2
Gollar: Eli Krupi 17' (0:1), Viktor Dyokeresh 35' (1:1, penalti), Aleks Skott 74' (1:2)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting