APL. «Arsenal» kamchilikda qolgan «Chelsi» bilan durang qayd etdi
Angliya Premer-ligasining 13-turidan o‘rin olgan "Chelsi" va "Arsenal" o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.
38-daqiqada mezbonlar yarimhimoyachisi Moyses Kaysedo Mikel Merining oyog‘ining himoyalanmagan qismiga tepganligi uchun qizil kartochka oldi.
Hisobni 48-daqiqada "Chelsi" himoyachisi Trevo Chaloba ochdi. 59-daqiqada "Arsenal" yarimhimoyachisi Mikel Merino hisobni tenglashtirdi. Durang hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi.
Natijada Entso Mareska jamoasi 24 ochko to‘plagan holda Angliya chempionatida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Mikel Arteta shogirdlari esa 30 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qolmoqda.
Angliya — Premer-liga. 13-tur
Chelsi - Arsenal - 1:1
Gollar: 1:0 — Chaloba, 48', 1:1 — Merino, 59'
Chetlatish: Kaysedo — 38