locale OZ

APL. «Arsenal» «Fulhem»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Hozirda londonliklar turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Arsenal» «Fulhem»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 35-turi doirasida Londonning «Arsenal» klubi o‘z maydoni — «Emireyts» stadionida «Fulhem» jamoasini qabul qildi. Avstraliyalik hakam Jarred Jillett boshqarib borgan ushbu uchrashuv «kanonirlar»ning 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Viktor Gyokeres hisobni ochgan bo‘lsa, 40-daqiqaga kelib Bukayo Saka oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan to‘rtinchi daqiqada (45+4) Gyokeres o‘zining dublini rasmiylashtirib, o‘yinga amalda nuqta qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Arsenal» o‘z ochkolari sonini 76 taga yetkazib, turnir jadvalida yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda. Jamoaning eng yaqin ta’qibchisi — «Manchester Siti» bilan oradagi farq hozirda 6 ochkoni tashkil etmoqda. Biroq ta’kidlash joizki, «shaharliklar» hisobida hali zaxiradagi ikkita o‘yin mavjud. «Fulhem» esa mag‘lubiyatdan so‘ng 48 ochko bilan jadvalning 10-pog‘onasida qoldi.

Chempionlik poygasida borayotgan «Arsenal» navbatdagi turni 10 may kuni mehmonda «Vest Hem»ga qarshi o‘tkazadi. «Fulhem» esa 9 may kuni o‘z maydonida «Bornmut»ni qabul qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting