APL. Arsenal Fulhem ustidan yirik hisobda g'alaba qozonib to'plar nisbatini yaxshilab oldi
APL 35-turidan o'rin olgan Arsenal hamda Fulhem jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi. Ushbu qarama-qarshilikda Arteta shogirtlari yirik hisobda g'alaba qozondi.
Viktor Gokeresh bahsda dublga erishdi. Shuningdek, Bukayo Saka ham o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi.
Shu tariqa, Arteta jamoasi turnir jadvalida 76 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Fulhem» esa 48 ochko to‘plab, 10-pog‘onada.
APL. 35-tur
Arsenal – Fulhem 3:0
Gollar: Gokeresh 9, 45+4, Saka 40.
Arsenal – Rayya, Uayt (Moskera, 83), Saliba, Gabriel, Kalafiori, Rays (Subimendi, 64), Lyuis-Skelli, Eze (Douman, 75), Saka (Madueke, 46), Trossar, Gokeresh (Jezus, 64).
Fulhem – Leno, Kastan, Andersen, Bassey, Rid (Kerni, 64), Robinson, Lukich, Uilson (Bobb, 64), Smit-Rou, Chukvueze (King, 64), Raul Ximenes.