locale OZ

APL. «Arsenal» «Everton»ni ishonchli hisobda magʻlub etdi

Londonliklar navbatdagi turda «Man Siti»ga qarshi maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Arsenal» «Everton»ni ishonchli hisobda magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 30-turidan o‘rin olgan «Arsenal» va «Everton» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yinning asosiy qismida hisob ochilmadi, biroq «kanonirlar» so‘nggi daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lishdi. 89-daqiqada Viktor Gyokeresh hisobni ochgan bo‘lsa, uchrashuvga qo‘shib berilgan 90+7-daqiqada Maks Doumen o‘yinning yakuniy hisobini o‘rnatdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng, 70 ochko jamg‘argan «Arsenal» Angliya chempionati turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. «Everton» esa 43 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda qolmoqda.

Navbatdagi bahslarda «Arsenal» 22 mart kuni Liga kubogi finali doirasida «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushsa, «Everton» 21 mart kuni o‘z uyida «Chelsi» jamoasini qabul qiladi.

APL. 30-tur

«Arsenal» — «Everton» 2:0

Gollar: Gyokeresh (89), Doumen (90+7).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting