locale OZ

APL. «Arsenal» derbida «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, peshqadamligini mustahkamladi

Eze va Gokeresh dublga erishdi. Eze bu mavsumda «taqachilar» darvozasiga ikki o‘yinda 5 ta gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Arsenal» derbida «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, peshqadamligini mustahkamladi
photo: gettyimages
Angliya Premer-ligasi
22.02.2026, Yak.
Tottenhem
1
Arsenal
4

Angliya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan markaziy bahslardan birida — Shimoliy London derbisida «Arsenal» Eze va Gokereshning dubli evaziga «Tottenhem»dan yirik hisobda ustun keldi.

Etiborlisi, Eze «taqachilar» darvozasiga bu mavsumda jami 5 ta ta gol urdi — u birinchi davrada het-trikka erishgandi.

Shu tariqa Igor Tudorning «Tottenhem» boshqaruvidagi debyuti omadsiz bo‘ldi.

Arteta jamoasi ochkolarini 61 taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamladi. 2-o‘rindagi «Manchester Siti»da 56 ochko va bir zaxira o‘yini bor. «Tottenhem» 29 ochko bilan 16-pog‘onada qoldi.

APL. 27-tur
Tottenhem — Arsenal 1:4
22 fevral, «Tottenhem Steduim»
Gollar: Kolo-Muani (34) — Eze (32, 61), Gokeresh (47, 90+4).
Tottenhem — Vikario, Bissuma, van de Ven, Gallaher (Solanke, 62), Grey, Dragushin, Kolo-Muani (Risharlison, 68), Palinya (Tel, 82), Sarr, Simons, Spens.
Arsenal — Rayya, Gabriel, Saliba, Timber (Moskera, 57), Hinkapi, Rays, Subimendi, Eze (Edegor, 76), Trossar (Martinelli, 76), Saka (Madueke, 90+1), Gokeresh.
Ogohlantirishlar: Timber (28), Grey (35).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting