APL. «Arsenal» derbida «Kristal Pelas»dan ustun keldi
Arteta jamoasi so‘nggi turni ham g‘alaba bilan tugatdi.
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasi
24.05.2026, Yak.
Kristal Pelas
1
Arsenal
2
«Arsenal» Angliya chempionatining so‘nggi 38-turida safarda «Kristal Pelas»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Bellashuv 2:1 hisobida «to‘pchilar»ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Mehmonlar safida gollarga Gabriel Jezus va Noni Madueke mualliflik qilishdi. Mezbonlarning yagona goliga Jan-Philippe Mateta mualliflik qildi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng, «Arsenal» 85 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab, mavsumni chempion sifatida yakunladi. «Kristal Pelas» esa 45 ochko bilan 15-o‘rinni band etdi.
Angliya Premer-ligasi. 38-tur
«Kristal Pelas» — «Arsenal» — 1:2
Gollar: Gabriel Jezus 42 (0:1), Noni Madueke 48 (0:2), Jan-Philippe Mateta 89 (1:2).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist