locale OZ

APL. «Arsenal» derbida gʻalaba qozondi, «MYU» esa oltita oʻyindan beri yutqazmayapti va boshqa natijalar

Angliya Premyer-ligasining 27-tur oʻyinlari yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Arsenal» derbida gʻalaba qozondi, «MYU» esa oltita oʻyindan beri yutqazmayapti va boshqa natijalar
FOTO: Getty Images

23 fevral kuni Angliya Premyer-ligasida 27-tur bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu tur Shimoliy London derbisidagi yirik hisob va peshqadamlarning g‘alabalari bilan yodda qoldi.

Shanba kungi bahslarda «Manchester Siti» o‘z maydonida «Nyukasl»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi. Turning kutilmagan natijalari sifatida «Chelsi»ning «Byornli» bilan (1:1) va «Aston Villa»ning «Lids» bilan (1:1) o‘z uyidagi duranglarini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, «Brayton» safarda «Brentford»ni 2:0 hisobida taslim etgan bo‘lsa, «Vest Hem» va «Bornmut» o‘rtasidagi bahsda hisob ochilmadi.

Yakshanba kuni markaziy uchrashuv — Shimoliy London derbisida «Arsenal» mehmonda «Tottenhem» ustidan 4:1 hisobidagi yirik va ishonchli g‘alabani tantana qildi. «Liverpul» esa dramatik kechgan bahsda «Nottengem Forest»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Shuningdek, «Fulhem» safarda «Sanderlend»dan (3:1), «Kristal Pelas» esa o‘z maydonida «Vulverxempton»dan (1:0) ustun keldi.

Turning so‘nggi o‘yinida dushanba kuni «Manchester Yunayted» safarda «Everton»ni minimal 1:0 hisobida mag‘lub etib, uch ochkoga ega bo‘ldi.

Maʼlumot uchun, ayni dam APL turnir jadvalida «Arsenal» 28 o‘yindan 61 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan «Manchester Siti» (56 ochko) bormoqda. Kuchli uchlikni 27 o‘yindan 51 ochko to‘plagan «Aston Villa» yakunlab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting