APL 2025/2026 mavsumining eng yaxshi murabbiyi sovriniga nomzodlarni e'lon qildi
Ro'yxatdan jami 6 nafar murabbiy o'rin oldi.
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasi ijtimoiy tarmoq X orqali 2025/2026 mavsumi yakunlariga ko'ra yilning eng yaxshi murabbiyi sovriniga nomzodlar ro'yxatini taqdim etdi.
Quyidagi mutaxassislar sovrin uchun da'vogarlik qilmoqda:
— Kit Endryus (“Brentford”)
— Mikel Arteta (“Arsenal”)
— Maykl Kerrik (“Manchester Yunayted”)
— Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”)
— Andoni Iraola (“Bornmut”)
— Rejis Le Bri (“Sanderlend”)
Ayni paytda Angliya chempionati turnir jadvalida “Arsenal” 36 ta o'yindan so'ng 79 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Ikkinchi o'rinda 77 ochko bilan “Manchester Siti”, uchinchi pog'onada esa 65 ochko bilan “Manchester Yunayted” joylashgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist