Anvarjon Hojimirzayev «Dinamo» mashg‘ulotlariga qaytdi
U “Neftchi”ga qarshi bahsda jarohat olgandi.
Фото: Динамо ПФК
“Dinamo” jamoasi bugun, 21 avgustdan Superliga navbatdagi turi doirasidagi “Paxtakor”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshladi.
Quvonarlisi, muhim o‘yin oldidan jamoa to‘purari Anvarjon Hojimirzayev jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi. Hujumchi 3 avgust kuni “Neftchi”ga qarshi o‘yinda (0:0) jarohat olib, ikki haftadan ko‘proq vaqt davomida tiklanish jarayonini o‘tkazdi. Jamoa forvardi klub shifokorlar bo‘limi tavsiyasiga ko‘ra bugundan jamoa mashg‘ulotida ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Olmaliqdagi g‘alabadan keyin “Dinamo” 19-tur doirasida 25 avgust, seshanba kuni Samarqandda “Paxtakor” jamoasini qabul qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist