locale OZ

Anvar G‘ofurov: «Bahs juda qiziqarli va murosasiz ruhda o‘tdi»

"Surxon" ustozi "Mash'al"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anvar G‘ofurov: «Bahs juda qiziqarli va murosasiz ruhda o‘tdi»
Фото: Сурхон ПФК

Superliga 9-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Mash'al” (2:1) o‘yinidan so‘ng mezbonlar ustozi Anvar G‘ofurov o‘z fikrlarini bildirdi.

“Oldindan bu o‘yin qiyin kechishini bilardik. “Mash'al” jamoasi so‘nggi o‘rinlarda bo‘lishiga qaramay, har bir uchrashuvda bor kuchini beradigan, katta ishtiyoq va iroda bilan maydonga tushadigan jamoa hisoblanadi. Shuning uchun ular bilan o‘yin har doim oson kechmaydi. Kelgusi uchrashuvlarda ham ularga omad tilayman.

Bugungi o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, bahs juda qiziqarli va murosasiz ruhda o‘tdi. Har ikki jamoa tomonidan ko‘plab vaziyatlar yaratildi. Xudoga shukur, bugun g‘alaba qozondik. Eng muhimi, bizni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga katta rahmat aytaman — ularning ishonchi biz uchun juda muhim”, - deydi G‘ofurov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting