Anvar Berdiyev: \"Superligada futbolchilarning mahorati o‘yin natijasini hal qilib ketmoqda\"
Superliga 4 tur doirasidagi “Sho'rtan” 1:4 “Nasaf” uchrashuvidan so'ng, g'uzorliklar ustozi Anvar Berdiyev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"O‘yin haqida nima deyish mumkin, O‘zbekistonning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘ynadik. "Nasaf" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Maqsadimiz har bir o‘yinda g‘alaba qozonish. Bu yil bizga juda qiyin bo‘lishini bilamiz. Shunga qaramasdan harakat qilyapmiz. Futbolchilarimizning ko‘pi Pro ligada o‘ynagan. O‘ylaymanki, ular o‘yindan-o‘yinga o‘zlarini ko‘rsatib borishadi. Biz imkon darajasida vaziyatimizdan kelib chiqib futbolchi tanladik. Istaymizmi yoki yo‘q Superligada futbolchilarning mahorati o‘yin natijasini hal qilib ketmoqda. Tarkibimizga jalb qilingan futbolchilarga ishonaman. "Nasaf" jamoasida boshqacha vazifa. Ko‘p yosh futbolchilar ishonchni oqlashga harakat qilishsa bundan ham kuchliroq o‘ynay olishadi",-deydi mutxassis