locale OZ

Antuan Semenyo ham «non-liga», ham Chempionlar Ligasida maydonga tushgan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi

Bu voqea «Real»ga qarshi 1/8 finalning dastlabki uchrashuvida sodir boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Antuan Semenyo ham «non-liga», ham Chempionlar Ligasida maydonga tushgan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» klubining qanot hujumchisi Antuan Semenyo UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini o‘tkazdi. Bu voqea «Real»ga qarshi kechgan 1/8 finalning dastlabki uchrashuvida ro‘y berdi.

Shu tariqa, Semenyo futbol tarixida «non-liga» (professional bo‘lmagan liga), Angliyaning barcha to‘rtta professional divizioni hamda Yevropaning nufuzli klublar turniri — Chempionlar Ligasida maydonga tushgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Semenyo o‘z faoliyati davomida «Bristol Siti», «Bat Siti», «Nyuport Kaunti», «Sanderlend» va «Bornmut» kabi jamoalar sharafini himoya qilgan, o‘tgan qishda esa «Manchester Siti» safiga kelib qo‘shilgan edi.

Ushbu natijaning o‘ziga xosligi shundaki, bungacha tarixda bunday ko‘rsatkichga faqat Irlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Stiv Finnan erishgan. Finnan o‘z vaqtida «Liverpul» tarkibida 2004/2005 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan, 2006/2007 yilgi mavsumda esa turnir finaliga qadar yetib borgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting