locale OZ

Antonio «West Ham»ni tark etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Antonio «West Ham»ni tark etdi
Photo: Getty Images

Maykl Antonio “West Ham”ni tark etdi. Bu haqida “bolg'achilar” rasmiy sayti xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 35 yoshli yamaykalik futbolchi bilan kelishuv uzaytirilmagan.

Antonio London klubiga 2015 yilda qo'shilgan va 323 o'yinda 83 ta gol urgan.

Futbolchi o'tgan yili 7 dekabrda o'zining “Ferrari” avtomobilida avtohalokatga uchragan va oyog'i singani uchun operatsiya qilingan edi.

Antonio 7 oylik tanaffusdan so'ng iyul oyida maydonga qaytdi va Yamayka milliy jamoasi safida KONKAKAF kubogida ishtirok etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting