locale OZ

Antonio Konte «Napoli»ni vaqtincha tark etdi

Bu davrda jamoani uning yordamchisi tayyorlamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Antonio Konte «Napoli»ni vaqtincha tark etdi
FOTO: Getty Images

«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte terma jamoalar o‘yinlari uchun berilayotgan tanaffus paytida jamoani vaqtincha tark etdi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Konte bu qarorni oldindan klub rahbariyati bilan kelishib olgan bo‘lib, u bir haftalik dam olishni rejalashtirgan.

Hozirda murabbiy Turin shahrida bo‘lib turibdi. Shu vaqt mobaynida jamoani uning yordamchisi Kristian Stellini tayyorlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, A Seriyaning 11-turida amaldagi chempion «Napoli» «Bolonya»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Hozirgi vaqtda neapolliklar 11 turdan so‘ng 22 ochko to‘plab, chempionat jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam «Inter» va «Roma»dan ikki ochkoga orqada qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting