locale OZ

Antonio Konte «Napoli»ni tark etishi mumkin

56 yoshli mutaxassis 2024 yilning yozida neapolliklar boshqaruviga kelgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Antonio Konte «Napoli»ni tark etishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, keyingi hafta Konte va klub prezidenti Aurelio De Laurentis oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtadi. Aynan shu suhbat chogʻida mutaxassisning kelgusi faoliyati borasida yakuniy qaror qabul qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, 56 yoshli mutaxassis 2024 yildan buyon «Napoli»ni boshqarib kelmoqda. Uning qoʻl ostida jamoa oʻtgan mavsumda Italiya chempioni boʻldi.

Maʼlumot uchun, neapolliklar hozirda A Seriya turnir jadvalida 22 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda va peshqadamdan atigi 2 ochko ortda qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting