locale OZ

Antonio Konte mavsum yakunida «Napoli»ni tark etadi — Romano

56 yoshli mutaxassis 2024 yildan buyon jamoani boshqarib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Antonio Konte mavsum yakunida «Napoli»ni tark etadi — Romano
FOTO: Getty Images

«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte joriy mavsum yakuniga yetganidan soʻng oʻz lavozimidan ketadi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano maʼlum qildi.

Manba bergan xabarga koʻra, italiyalik mutaxassis ushbu qarorga allaqachon kelib boʻlgan va bu haqda bundan bir oy avval klub prezidenti Aurelio De Laurentisga maʼlum qilgan. Konte hech qanday tovon pulisiz (kompensatsiya) hamda boshqa biror-bir jamoa bilan kelishuvsiz Neapoldan ketadi.

56 yoshli mutaxassis «Napoli» klubini 2024 yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Kontening qoʻl ostida jamoa 2024/2025 yilgi mavsum yakunlariga koʻra Italiya chempioniga aylangan edi. Amaldagi mavsum tugashiga bir tur qolganida neapolitanliklar 73 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pogʻonasini egallab turishibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting