locale OZ

Antoni «Real»ga qarshi oʻyinning 90+4-daqiqasida qoidabuzarlik qilmadi — CTA

Uchrashuvda «Betis» arang magʻlubiyatdan qutulib qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Antoni «Real»ga qarshi oʻyinning 90+4-daqiqasida qoidabuzarlik qilmadi — CTA
FOTO: Getty Images

Ispaniya hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) La Liganing 32-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Betis» va Madridning «Real» klublari o‘rtasidagi uchrashuvning (1:1) 90+4-daqiqasida mezbonlar tomonidan kiritilgan gol qonuniy ekanligini tasdiqladi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda mezbonlar vingeri Antoni «qaymoqranglilar» jarima maydonchasi ichida himoyachi Ferlan Mendining qo‘lidan ushlab qolgan, natijada fransiyalik futbolchi yiqilgan, braziliyalik esa to‘pni egallab, darvoza oldiga uzatgan. To‘p Antonio Ryudigerning tizzasidan qaytgan, so‘ngra uni «Betis» himoyachisi Ektor Belerin egallab, darvozani ishg‘ol qilgan.

«Bunday ushlab qolish qoidabuzarlik deb hisoblanishi uchun aniq to‘sqinlik, shuningdek, uning himoyalanayotgan futbolchining harakatlariga bevosita ta’siri bo‘lishi kerak. Kichik kontaktlar esa hakamning talqiniga bog‘liq. CTA fikricha, Mendiga bo‘lgan to‘sqinlik sezilarli emas edi va turli xil talqinlarga yo‘l qo‘yardi, ya’ni aniq sabab-oqibat aloqasi yo‘q. Maydondagi hakamning qarori to‘g‘ri bo‘lgan. VAR tizimi ham jarayonga aralashmasdan, CTA tomonidan o‘rnatilgan protokollar va mezonlarga muvofiq ish tutib, to‘g‘ri qilgan», — deya CTA qaroridan iqtibos keltirmoqda AS nashri.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting