locale OZ

Antoni Marsyal jarohati sabab nomaʼlum muddatga safdan chiqdi

«MYU»ning sobiq futbolchisi o‘ng yelkasini chiqarib oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Antoni Marsyal jarohati sabab nomaʼlum muddatga safdan chiqdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi, hozirda Meksikaning «Monterrey» klubida to‘p tepayotgan Antoni Marsyal Meksika Klauzurasi 6-turi doirasidagi «Leon»ga qarshi o‘yinda (1:0) o‘ng yelkasi chiqib ketishi natijasida jarohat oldi. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Marsyal «Lion» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, faoliyati davomida «Monako», «Manchester Yunayted», «Sevilya» va Gretsiyaning «AEK» klublarida harakat qilgan. Transfermarkt portali fransiyalik futbolchining ayni damdagi bozor qiymatini 6 million yevroga baholamoqda.

«Manchester Yunayted» safida Marsyal Angliya Kubogi, ikkita Liga Kubogi, mamlakat Superkubogi va Yevropa Ligasida g‘olib chiqqan. Fransiya terma jamoasi bilan esa Millatlar Ligasi chempionligini qo‘lga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting