Antoni faoliyatini Yevropaning grand klublaridan birida davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images
Ijara asosida “Betis”da to'p surayotgan “Manchester Yunayted” vingeri Antoniga Yevropaning ikki grand klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda UOL Esporte nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchini “Atletiko Madrid” va “Arsenal” o'z safiga qo'shib olmoqchi. Hozirda bu ikki klub 25 yoshli vingerni sotib olish imkoniyatlarini baholab chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV'da “Betis” Antonining ijara muddatini uzaytirmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma'lumot uchun, Antonining mankunianliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist