locale OZ

Antonela Rokkutso Messiga terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng murojaat qildi

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Messining Argentina terma jamoasi bilan bosib o‘tgan uzoq yo‘li haqida ta’sirli fikrlarini yozdi.
Antonela Rokkutso Messiga terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng murojaat qildi
Foto: Getty Images

Lionel Messining rafiqasi Antonela Rokkutso argentinalik futbolchining milliy jamoadagi faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirdi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Messining Argentina terma jamoasi bilan bosib o‘tgan uzoq yo‘li haqida ta’sirli fikrlarini yozdi.

Rokkutso yillar davomida Messining qiyin vaziyatlarga duch kelgani, muvaffaqiyatsizliklardan keyin yana oyoqqa turgani va maqsadi sari kurashishda davom etganiga guvoh bo‘lganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, oilasi uchun Messining barcha orzulariga erishganini yaqindan ko‘rish katta faxr bo‘lgan.

Shuningdek, Antonela ularning farzandlari otasining taslim bo‘lmay kurashganini va yakunda Jahon chempionati kubogini boshi uzra ko‘targanini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib ulg‘ayganini alohida qayd etdi. U Messiga: “Sen bilan faxrlanaman. Biz seni juda qattiq sevamiz”, deya murojaat qilgan.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida 207 ta uchrashuv o‘tkazib, 125 ta gol urgan. U milliy jamoa bilan 2022-yilgi Jahon chempionati, 2021 va 2024-yillardagi Amerika Kubogi hamda 2022-yilgi Finalissimada g‘olib chiqqan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting