locale OZ

Ansu faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Fati bu mavsum “Monako” safida 5 ta o‘yinda 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ansu faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
ФОТО: Getty images

Ansu Fati faoliyatini yana Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi The Sun nashri.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga “Nyukasl”, “Kristal Pelas” va “Everton” jamoalari tomonidan qiziqish bildirilyapti.

Futbolchi hozirda “Monako” klubida ijarada o‘ynamoqda. Monegasliklar Ansuni 11 million yevroga sotib olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Fati bu mavsum “Monako” safida 5 ta o‘yinda 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Ansu ilgari “Brayton” jamoasida ham to‘p surgan. Keyinchalik “Barselona”ga qaytgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting