Anri «Oltin to'p»ning navbatdagi g'olibi kim bo'lishini taxmin qildi
2025-yilgi “Oltin to'p” mukofotini “PSJ” hujumchisi Usmon Dembele qo'lga kiritdi.
ФОТО: Getty images
“Arsenal” va “Barselona” klublarida to'p surgan afsonaviy fransiyalik hujumchi Tyerri Anri “Oltin to'p”ning navbatdagi g'olibi kim bo‘lishini taxmin qildi.
"Kilian Mbappe sovrinni qo'lga kiritishi kerak. Uning joriy mavsumdagi o'yiniga qarang. U ajoyib o‘ynamoqda. Biz hozir Mbappening eng yaxshi versiyasini ko'ryapmiz", - deydi sobiq hujumchi.
Eslatib o'tamiz, 2025-yilgi “Oltin to'p” mukofotini “PSJ” hujumchisi Usmon Dembele qo'lga kiritdi. Undan keyingi o‘rinni Lamin Yamal egalladi.
Avvalroq "Real" hujumchisi Kilian Mbappe La Liganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist